Adliya vazirligi nodavlat maktabgaça, umumiy örta va qöşimça ta’lim xizmatlarini körsatiş sohasida nazoratni amalga oşirişda «Xavfni tahlil qiliş» elektron tizimini joriy etiş tartibi töğrisidagi nizomni davlat röyxatidan ötkazdi.

Nizomga köra, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida qonunçilik buzilişi xavfi avtomatlaştirilgan tarzda baholanadi. Bunda davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari, ommaviy axborot vositalari hamda boşqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.

Hujjatga muvofiq, xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik sub’yektlaridan qöşimça hujjat yoki ma’lumotlar talab qilinişiga yöl qöyilmaydi.

Xavf darajasi nodavlat maktabgaça, umumiy örta va qöşimça ta’lim xizmatlari sohalari uçun belgilangan alohida mezonlar asosida aniqlanadi hamda sub’yektlar yuqori, örta va past xavf toifalariga ajratiladi.

Yuqori va örta xavf toifasiga kiruvçi sub’yektlarda qonunçilikka muvofiq profilaktika tadbirlari va tekşiruvlar taşkil etiladi. Past xavf toifasiga mansub muassasalarda esa tekşiruvlar ötkazilmaydi.

Şu bilan birga, elektron tizim orqali aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan töğridan töğri ta’sir çoralarini qöllaş uçun asos bölmaydi.