Adliya vazirligi Pedagogik faoliyat bilan boğliq lavozimlar röyxatini davlat röyxatidan ötkazdi. Mazkur hujjat 2026 yil 9 iyun kuni 3849-son bilan röyxatdan ötgan.

Röyxatda maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim taşkilotlarida mavjud bölgan jami 465 ta pedagogik faoliyat bilan boğliq lavozim belgilangan.

Jumladan, professor, dotsent, katta öqituvçi, kiçik öqituvçi, metodist, tarbiyaçi, yöriqçi, uslubçi hamda boşqa qator lavozimlar pedagogik lavozimlar sifatida e’tirof etilgan.

Ma’lumot uçun, “Pedagogning maqomi töğrisida”gi Qonunga muvofiq, ta’lim taşkilotida mehnat şartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyat yurituvçi, tegişli ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega jismoniy şaxs pedagog hisoblanadi.