09:06 / 22.08.2017
8601

Amerikalik mashhur aktyor va basketbolchi qochqinlar deb qabul qilindi

Internet foydalanuvchilari orasida 68 yoshli amerikalik aktyor Semyuel L.Jyekson va 58 yoshli sobiq basketbolchi Mejik Jonsonning Italiyada shoppingdan keyin ko‘chadagi o‘rindiqda dam olayotganlari suratlari ommalashmoqda.

Ma'lum qilinishicha, suratlarning ommalashishiga ularga qoldirilgan izohlar sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik foydalanuvchilar suratdagi mashhur aktyor va basketbolchini tanimay, ularni qochqinlar deb o‘ylashgan.

Misol uchun, italiyalik model Nina Morich suratga izoh berib, qochqinlarning Yevropadagi mushkul taqdiri borasida hamdardlik bildirgan.

“Bizning Forte-dey-Marmi yoki Milano-Marittima kabi kurortlarimizda bizning 35 yevro bilan o‘rindiqlarda tunashiga to‘g‘ri kelayotgan qochqinlarni kuzatish bu haqiqatda ayanchlidir”, deb izoh bergan model.

Uning bu so‘zlarini o‘rindiqda o‘tirganlar jahon yulduzlari ekanligini va ular oyoqlari ostida butiklardan paketlar turganini payqamagan foydalanuvchilar ham qo‘llab-quvvatlay ketishgan. Ushbu kulgili holat ko‘plab nashrlar tomonidan muhokama qilinmoqda. Yulduzlarning o‘zlari esa ushbu mavzu bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hazilomuz izohlar qoldirishgan. 

Ba'zi foydalanuvchilar esa muhojirlar kuniga 35 yevro, oyiga esa ming yevrodan ko‘proq pul olishlarini bilgach, ular nima uchun bunchalik Yevropaga intilishlarini endi tushunganliklarini aytishgan.

Top