Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya TIV rahbari: KXDR yadro dasturidan voz kechmagunga qadar unga bosim o‘tkazish kerak
Yaponiyaning yangi tashqi ishlar vaziri Taro Kononing ma'lum qilishicha, xalqaro hamjamiyat KXDRga, Pxenyan yadro dasturidan voz kechishga tayyorligini ko‘rsatmagunga qadar bosim o‘tkazishda davom etishi lozim. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Bosim o‘tkazishning vaqti keldi», - deya aytib o‘tgan u jurnalistlar guruhiga bergan intervyusida.
Vazirning fikricha, ayni damda olti tomonlama muzokaralarning tiklanishini muhokama qilish kerak emas.
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirishni maqsad qilgan hamda Janubiy va Shimoliy Koreya, AQSh, Rossiya, Xitoy hamda Yaponiya ishtirokidagi xalqaro muzokaralarini nazarda tutgan.
Avvalroq ekspertlar Xitoy sanksiyalari KXDRga zarba bo‘lib tushishi, biroq uning yadro dasturini to‘xtata olmasligi haqida ma'lum qilishgandi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026