O‘zbekiston | 14:35 / 22.08.2017
43655
2 daqiqa o‘qiladi

Banklarga xos bo‘lmagan nazorat funksiyalari bekor qilinadi

O‘zbekistonda tijorat banklariga xos bo‘lmagan nazorat funksiyalari bekor qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Prezidentning “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi. 

Hujjatga ko‘ra, tijorat banklariga xos bo‘lmagan nazorat funksiyalari ularni tegishli moliyaviy, soliq, bojxona va boshqa nazorat qiluvchi organlarga berilishi yo‘li bilan bekor qilinadi.

Xususan, ushbu farmon qabul qilinishi bilan banklar O‘zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslarining eksport-import amaliyotlari bo‘yicha xorijiy valyutadagi mablag‘lari harakati ustidan nazorat qilmaydi.

Shuningdek, tijorat banklari davlat byudjyeti daromadlariga to‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi va byudjyetning daromad hisoblari bo‘yicha amaliyotlar o‘tkazish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar bank hisoblaridan mablag‘larni rasmiylashtirishni o‘rnatilgan tartibiga rioya etishni ham kuzatmaydi.

Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning tijorat banklari kassalaridan olingan naqd pullarning maqsadli foydalanishi ustidan nazorat funksiyasi ham bekor qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid