Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bektemir tumanida ma'muriy nazorat qoidalarini buzgan shaxs qo‘lga olindi
Illyustrativ foto
Toshkent shahar Bektemir tuman IIBda o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbirida profilaktika inspektorlari tomonidan ma'muriy nazorat qoidalarini buzgan shaxs qo‘lga olindi.
Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Bektemir tumanida 21 avgust kuni soat 23.01da, 1988 yilda tug‘ilgan, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi bilan sudlangan, Suvsoz daxasi 34-uyda yashovchi A.T.ga tuman sudi tomonidan ma'muriy nazorat o‘rnatilganligini bila turib, 10 iyul kuni ro‘yxatdan o‘tish uchun tuman IIBga kelmasdan, ma'muriy nazorat qoidalarini buzganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB tomonidan fuqaro A.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 226-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
20:43 / 03.02.2026
“Ona, meni o‘ldirishdi” – tushda fosh bo‘lgan jinoyat
12:28 / 24.01.2026
2025 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan 15 ta qotillik jinoyati sodir etildi
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
16:17 / 26.10.2025