Iroq IShIDdan ikki oydan so‘ng butunlay ozod etilishi aytildi
Iroqning Rossiyadagi elchisi Haydar Hadiyning ma'lum qilishicha, uning mamlakati IShID jangarilaridan ikki oydan so‘ng butunlay ozod etiladi. U bu haqda «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
«Iroqda uncha ham ko‘p terrorchilar qolmadi – ularning boradigan joyi yo‘q, ayniqsa, Suriya bilan chegarada, shuning uchun ular oxirigacha, o‘limga qadar kurashishga majburlar. Umid qilamanki, yaqin vaqt ichida ular tor-mor etiladi va Iroq IShIDdan butunlay ozod qilinadi», - dedi u.
U bu qachon yuz beradi, degan savolga javob qaytarar ekan, «bir-ikki oydan so‘ng», degan. Uning ta'kidlashicha, agarda jangarilar tinch aholidan jonli qalqon sifatida foydalanmaganda, Iroq qo‘shinlari shaharni ancha oldinroq qo‘lga kiritishi mumkin edi.
«Hozirda terrorchilar bo‘lgan kichik «boshpanalar» haqida gap bormoqda hamda olg‘a siljish ancha tezlik bilan ketmoqda, shu bilan birga, IShID jangarilari tushkunlikka tushib qolgan, shu sababdan ularni yo‘q qilish ancha oson kechadi. Shuni aytishim mumkinki, bunga ikki oydan kamroq vaqt ketadi», - deya ma'lum qildi elchi.
Avvalroq Iroq bosh vaziri Tall-Aforda IShIDga qarshi hujum boshlangani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:20 / 31.10.2024
Iroq o‘z havo hududi Isroil tomonidan buzilgani yuzasidan BMTga shikoyat qildi
12:10 / 28.10.2024
Turkiya HHK Iroq shimolidagi 34 ta obektni yo‘q qildi
11:00 / 23.10.2024
Iroq: G‘azo va Livandagi urush boshqa mintaqalarda yangi mojarolarga olib kelishi mumkin
12:00 / 21.10.2024