Jahon | 21:29 / 22.08.2017
35852
2 daqiqa o‘qiladi

Nega Nursulton Nazarboyev chet elga dam olishga bormaydi?

Foto: Akorda

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatning so‘lim oromgohlari va muqaddas qadamjolari haqida gapirib bergan. Ilgari Nazarboyev Oqmo‘la oblastining Buraboy qo‘rg‘onida bo‘lib turib, «Xabar» telekanaliga intervyu bergan.

«Men dunyo bo‘ylab go‘zal joylarni juda ko‘p ko‘rganman, zamondoshlarim va kelajak avlodga aytishim kerakki — hozir men boshqa biror joyga dam olish uchun bormayman. Hozir Buraboyda bo‘lib turibmiz. Bunday ajoyib joyni boshqa hech yerda uchratmaganman. Odam qo‘li tegmagan tabiat! Ko‘li ham bor, tog‘i ham, suvi ham. Sharqiy Qozog‘iston, Olatov etaklarida ham shunga o‘xshash tabiatga duch kelasiz», — degan Nazarboyev.

Qozog‘iston prezidentining qayd etishicha, Qozog‘istonda ham boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi muqaddas qadamjolar bor.

«Bu joylarni hammangiz yaxshi bilasiz, ko‘pchiligingiz o‘shanday joylarda istiqomat ham qilasiz va ular jahonga mashhur joylar. Insonning xayoliga darhol Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Ariston bobo, O‘tror, G‘arbiy Qozog‘istondagi Mang‘istov, Jiyiq (Ural) daryosi bo‘yidagi «Oltin O‘rda» xonlarning qarorgohi, Ulitov, Berel, janubdagi Oltin odam kabi ziyoratgohlar keladi», — degan Qozog‘iston prezidenti.

Mavzuga oid