Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonlik talabalar va maktab o‘quvchilari o‘quv dargohiga mashina boshqarib kelsa o‘qishdan haydaladi
Tojikistonda talabalar va maktab o‘quvchilariga o‘qishdan haydalish tahdidi bilan ta'lim muassasalariga mexanik transport vositalarini boshqarib kelish taqiqlanishi mumkin.
Tojikiston parlamentining quyi palatasi o‘zining navbatdan tashqari sessiyasida mamlakat prezidenti Imomali Rahmon tomonidan berilgan takliflarga ko‘ra qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishini ma'qullagan.
«Interfaks»ga Tojikiston parlamentidagi manbaning xabar berishicha, maktab o‘quvchilari va talabalar mashina boshqargan holda ta'lim muassasalariga kelishsa, ular o‘quv dargohidan haydaladi.
Tojikiston ta'lim va fan vaziri Nuriddin Suid qonun loyihasini deputatlarga taqdim etar ekan, o‘zgartirishlar ta'lim va tarbiya tizimida ijtimoiy adolatni ta'minlashga qaratilganini ta'kidlagan.
«Respublikadagi maktablar, institutlar va boshqa ta'lim muassasalari ta'lim olish va ilm-fan bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan, o‘zini o‘zi reklama qilinadigan dargohlar emas», — degan vazir.
Qonun loyihasi mamlakat parlamentining yuqori palatasida 28 avgust kuni muhokama etiladi.
Mavzuga oid
20:26 / 20.06.2026
«Shunchaki yashash jonimga tegdi». Krasnodarda 19 yoshli talaba odamlarga pichoq bilan hujum qildi
09:49 / 19.06.2026
O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi
21:12 / 03.04.2026
O‘zbekiston xorijiy talabalarni ko‘proq jalb etmoqchi
19:05 / 31.03.2026