Jamiyat | 12:49 / 24.08.2017
7211
1 daqiqa o‘qiladi

Uchtepa tumanida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyati fosh etildi

2017 yilning 20 avgust kuni taxminan soat 17:00 larda, Sunnatilla Usmonov Uchtepa tumani hududida fuqaro Nuritdin Umarov bilan o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida, unga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada N.Umarov shifoxonaga olib borilib, unga "qorin old devori sanchib-teshib kiruvchi jarohati" tashxisi qo‘yilgan, deb xabar qilmoqda Toshkent IIBB.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

Jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid