Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi “Yoshlar sayyor qabuli” davomida 150 ga yaqin muammo joyida hal etildi
24 avgust kuni Andijon viloyatining barcha shahar va tumanlarida “Yoshlar sayyor qabuli” tashkil etildi.
Sayyor qabul doirasida 160 nafar targ‘ibotchi, jumladan, viloyat hokimligi mutaxassislari, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, bandlikka ko‘maklashish markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, xalq ta'limi boshqarmasi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi, sport boshqarmasi, pensiya jamg‘armasi hamda oliy ta'lim muassasasining malakali mutaxassislaridan iborat targ‘ibot guruhi tuzilib, ular uchun maxsus targ‘ibot avtobuslari tashkil etildi.
Andijon viloyatining barcha shahar va tumanlarida 32 tadan ortiq joyda yoshlar sayyor qabuli tashkil etildi, 145 ta xonadonga tashrif uyushtirildi. Uchrashuv va ochiq muloqotlar davomida jami 4200 nafardan ortiq uyushmagan yoshlar qamrab olindi.
Sayyor qabul doirasida yoshlar tomonidan 366 ga yaqin taklif va muammolar bildirilib, shundan 144 tasi joyida hal etildi, qolgan taklif va muammolar asosida mahalliy va hududiy chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqildi.







Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
19:35 / 28.03.2026
Andijondagi yashirin dori sexlaridan 10 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar musodara qilindi
16:36 / 21.03.2026