Milliy statistika qömitasi 2026 yil boşida ötkazilgan aholi va qişloq xöjaligini röyxatga olişning dastlabki natijalarini taqdim etdi.
Natijalarga köra, Özbekiston aholisi 39 millionni taşkil etib, şundan 11,9 millioni yoki 30,5 foizi – 14 yoşga tölmagan bolalardan iborat.
Aholining 15 mln nafari yoki 38,5 foizi hali 20 yoşga tölmagan.
Hali öttizga kirmaganlar esa 20,3 mln nafar yoki jami aholining 52 foizini taşkil etadi.

Aholining jins böyiça taqsimlanişiga kelsak, 40–44 yoş oraliğidagi yoş toifasida ayollar va erkaklar soni tengligini köriş mumkin. Bu yoşgaça bölganlar orasida erkaklar köproq, bu yoşdan keyin esa ayollar köproqni taşkil etadi.
Statqöm ma’lumotiga köra, 2025 yilda Özbekiston aholisining örtaça umr köriş davomiyligi 75,4 yoşni taşkil etgan.








