Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillariga yordam berildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligini nishonlash arafasida Farg‘ona viloyat hokimligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Mahalla” jamoat fondi, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limlari, Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlarida “Hech kim mehr-muruvvatdan chetda qolmaydi” mavzuida xuddi shunday tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda viloyat bo‘yicha jami 4200 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan oila vakillari, 1200 nafar nogiron, 850 dan ortiq boquvchisini yo‘qotganlar ishtirok etishdi. Viloyatning barcha shahar va tumanlarida ushbu tadbir yuzasidan bayram dasturxoni yozildi.

Mazkur tadbirlar davomida viloyat Madaniyat boshqarmasi va “O‘zbekkonsert” birlashmasi viloyat bo‘limi tomonidan badiiy dasturlar tashkil etilib, unda el suygan va taniqli xonandalar Ilhom Ibrohimov, Mansurxon Nurmatov, Otabek Muhammadzohid, Shahlo Rustamova, Qilichbek Madaliyev, Xurshid Rasulov, Tohir Mahkamov, Yahyo Mo‘minov, Abdujalil Qo‘qonovlar va raqqosalar guruhlari har bir tuman va shaharda ishtirok etishdi.
Tadbirlar davomida viloyatning barcha shahar va tumanlarida 20 ta nogironlik aravachasi, 50 ga yaqin ortopedik mahsulotlar o‘z egalariga topshirildi.

Tadbir davomida 950 ga yaqin kam ta'minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oila vakillariga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Ushbu tadbirga kela olmagan bir guruh nogironlarning uylariga borib, holidan xabar olish tashkil etiladi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirlarda aholi xavfsizligini ta'minlash, yo‘l transport xavfsizligini ta'minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida tuman IIB, tuman tibbiyot birlashmalari tomonidan ichki ishlar xodimlari va tez yordam avtomashinasi qatnashishini to‘liq ta'minladi.

Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026