Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobuldagi masjidga qilingan hujum qurbonlari soni 30 kishidan oshdi
Foto:AP Photo/Massoud Hossaini
Afg‘oniston poytaxti Kobulda masjidga qilingan hujum oqibatida 30 dan qo‘proq odam halok bo‘ldi, 80ga yaqin odam jarohatlandi, deb xabar berdi Tolo News telekanali rasmiy shaxslarga iqtibos keltirgan holda.
Avvalroq 20 kishi halok bo‘lgani va 30 kishi jarohatlangani haqida xabar qilingan.
Bir nechta jangarilar Kobuldagi imom Zamon masjidiga hujum uyushtirishgan. Guvohlarning aytishicha, jangarilar qo‘riqchilarni o‘ldirib, binoga bostirib kirganlar. Voqea joyiga tez yordam mashinalari yetib kelgan. IIV vakili Najib Donish masjidga hujum uyushtirilganini tasdiqlagan. Uning aytishicha, jangarilardan biri masjid yonida o‘zini portlatgan.
Keyinroq telekanalning ma'lum qilishicha, Kobuldagi masjid yonida yana bir portlash yuz bergan.
Xabar qilinganidek, ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026