Jamiyat | 19:47 / 25.08.2017
57447
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy ta'lim muassasalari xodimlariga qancha haq to‘lanadi?

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining 11.08.2017 yildagi 617-son qarori bilan oliy ta'lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lashning yangilangan miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.
 
Joriy yilning 1 sentabridan boshlab oliy ta'lim muassasalarining boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining mehnatiga haq to‘lashning hujjat bilan tasdiqlangan razryadlari joriy etiladi.

Bundan tashqari, oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi, rahbar xodimlar va boshqa xodimlar mehnatiga haq to‘lashning yangi bazaviy miqdori qabul qilindi.

Shuningdek, qator vazirlik va idoralar takliflariga binoan kunduzgi o‘qish bo‘yicha oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga qarab 1 ta o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari quyidagicha nisbatda belgilandi:

•  2009/2010 o‘quv yilidan – 1:10,5;
•  2019/2020 o‘quv yilidan – 1:10;
•  2020/2021 o‘quv yilidan – 1:9,5;
•  2021/2022 o‘quv yilidan – 1:9.

Viloyatlar va ta'lim shakllariga ko‘ra bloklar nisbati bo‘yicha normativlar Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid