Hukumatning 299-son qarori bilan “Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlaridan talabalar öqişini davlat oliy ta’lim taşkilotlariga köçiriş böyiça davlat xizmatini körsatiş”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga köra, mazkur yönalişdagi vakolatli davlat organi sifatida Bilim va malakalarni baholaş agentligi belgilangan.

Talabalar har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Agentlikning maxsus elektron platformasi yoki davlat xizmatlari markazlari orqali ariza topşirişi mumkin.

Hujjatga muvofiq, arizani rad etiş uçun bir qator asoslar belgilangan. Jumladan, zarur hujjatlar yoki ma’lumotlar töliq taqdim etilmagan bölsa, notöğri yoki buzib körsatilgan ma’lumotlar aniqlansa hamda belgilangan tölov öz vaqtida amalga oşirilmagan bölsa, ariza qabul qilinmaydi.

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar har yili 15 iyuldan 6 avgustga qadar körib çiqiladi. Şundan söng arizani qabul qiliş yoki rad etiş haqida qaror qabul qilinadi.

Qabul qilingan qaror töğrisida ariza beruvçiga YaIDXP yoki maxsus elektron platforma orqali xabarnoma yuboriladi.

Şuningdek, öqişni köçiriş böyiça ötkazilgan imtihon natijalari QR-kodli şaklda rasmiylaştirilib, imtihonlar yakunlanganidan keyin bir hafta içida talabalarga taqdim etiladi.