08:37 / 25.08.2017
8682

Tramp Misrga 300 mln dollar ajratishdan bosh tortgach, ushbu davlat prezidentiga o‘zi qo‘ng‘iroq qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp misrlik hamkasbi Abdul Fattoh Xalil As-Sisiy bilan telefon muloqotida Vashington Qohira bilan munosabatlarni rivojlantirishga harakat qilayotgani haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Agentlik manbalarining so‘zlariga ko‘ra, telefon qo‘ng‘irog‘i Tramp tomonidan amalga oshirilgan. Bu u Qohiraga inson huquqlarining buzilishi hamda demokratiya prinsiplariga rioya etilmayotgani uchun 100 mln dollarlik moliyaviy yordamni berishdan bosh tortgani va 195 mln dollarlik yordam puli ajratilishini ortga surganidan so‘ng yuz berdi.

Avvalroq AQSh inson huquqlarining buzilishi tufayli Misrga 300 mln dollar ajratishdan bosh tortgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top