AQŞ prezidenti Donald Tramp 2026 yil dekabr oyida Mayamida bölib ötadigan “Katta yigirmatalik” — G20 sammitida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning iştirok etişi “foydali” böladi, deb hisoblaydi. Şu bilan birga, u Rossiya uşbu sammitga taklif qilingani haqida bilmasligini va Putin unda iştirok etişiga şubha qilişini 23 aprel, payşanba kuni ma’lum qildi.
Avvalroq şu kuni The Washington Post gazetasi Donald Tramp Vladimir Putinni bölajak “yigirmatalik” sammitiga taklif qiliş niyatida ekanini xabar qilgan edi.
AFP agentligiga köra, şu orqali AQŞ prezidenti Rossiya 2022 yilda Ukrainaga bostirib kirişi oqibatida duç kelgan xalqaro yakkalanişni “yanada yumşatiş” böyiça sa’y-harakatlarini davom ettirmoqçi.
Biroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning G20 sammitida iştirok etişi böyiça qaror hali qabul qilinmaganini bildirdi.
Rossiyaning RIA “Novosti” agentligi RF taşqi işlar vaziri örinbosari Aleksandr Pankinga tayanib, Moskva “eng yuqori darajada iştirok etiş” uçun taklif olganini yozdi.
“Ammo sana yaqinlaşganda köramiz. Ungaça nima bölişini xudo biladi”, — deya diplomat sözlarini keltiradi jurnalistlar.
Avvalroq Donald Tramp Mayamidagi sammitda iştirok etiş uçun Özbekiston va Qozoğiston yetakçilarini taklif qilganini aytgan edi.












