23:12 / 25.08.2017
5915

Tramp Venesuelaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

Foto: AP Photo / Pablo Martinez Monsivais

AQSh prezidenti matbuot kotibi Sara Sandersning “RIA Novosti”ga kelib tushgan bayonotida AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini tasdiqlagani aytilgan. 

Navbatdagi sanksiyalar Venesuela davlat korxonalari bilan bog‘liq bo‘lgan agentlar bilan bitim tuzishni taqiqlashni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, AQSh kompaniyalari Karakas tomondan chiqariladigan qimmatbaho qog‘ozlarga boshqa mablag‘ tika olmaydi.

AQSh moliya idoralari va kompaniyalariga yangi sanksiyalarni amalga oshirilishi uchun 30 kun ajratilgan. Oq uyda moliyaviy taqiqlovlar mamlakat prezidenti Nikolas Maduroga qaratilgani yana bir ta'kidlab o‘tildi.

Mavzuga oid
Top