02:22 / 26.08.2017
4974

Bryusselda machete bilan qurollangan afrikalik shaxs harbiylarga hujum uyushtirdi

Foto: RIA "Novosti"

Machete bilan qurollangan erkak Belgiya poytaxtida patrullik qilayotgan harbiylarga hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda Belgiyaning Le Soir nashri.

Voqea mahalliy vaqt bilan 21:15da, Toshkent vaqti bilan 00:15da Belgiya poytaxtining markazidagi Emil Jakman xiyobonida ro‘y bergan

Ba'zi bir guvohlar otishmalar haqida xabar bergan. Boshqa guvohlar erkak kishi ikki nafar askarga hujum qilganini aytishmoqda.

Hujum qilgan shaxs og‘ir jarohatlangan va kasalxonaga jo‘natilgan. RTBF’ning xabar berishicha, gap Somalida tug‘ilgan 30 yoshli erkak haqida ketmoqda. Reyter agentligi Belgiya prokuraturasiga tayanib xabar qilishicha, bu shaxs ilgari terrorchilar bilan aloqalarda bo‘lganligi aniqlanmagan.

Askarlardan birining yuziga, ikkinchisining qo‘liga jarohat yetkazilgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Voqea joyi o‘rab olingan va u yerga tibbiyot xodimlari yetib kelishgan. Politsiyadagilar vaziyat nazorat ostida ekanligini aytishmoqda.

Mavzuga oid
Top