Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV: Andijonda «Elektrtarmoqlari» korxonasi xodimiga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatildi
2017 yilning 23 avgust kuni soat 20:25larda Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Andijon shahar «Elektrtarmoqlari» korxonasi xodimi qo‘ng‘iroq qilib, hamkasbi G‘.A. Andijon shahar Boburshoh ko‘chasi 2-uyning tom qismida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida elektr tokidan zarar ko‘rib hushsiz yotganligi to‘g‘risida xabar berdi, deb ma'lum qildi FVV matbuot xizmati.
Shundan so‘ng, navbatchilikdagi qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib bordilar va Andijon shahar Boburshox ko‘chasi 2-uyning tom qismida hushsiz yotgan G‘.A.ga birinchi yordam ko‘rsatib, hushiga keltirdilar.
Jabrlangan fuqaro uyning tom qismidan olib tushilgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
18:07 / 04.07.2026
5 iyul kuni ma’muriy binolarda FVVning maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkaziladi
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026