5 iyul kuni Özbekiston böylab reja-grafik asosida ma’muriy binolarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan maxsus-taktik öquv maşqlari ötkaziladi.
FVV e’lon qilgan jadvalga köra, maşqlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, Toşkent şahar va viloyatlar hokimliklari binolarida soat 10.00dan 12.00gaça ötkaziladi.
Qayd etilişiça, bundan közlangan maqsad yuzaga kelişi mumkin bölgan zilzila, yonğin va boşqa turdagi favqulodda vaziyatlarda töğri harakat qiliş, oqibatlarni qisqa vaqtda bartaraf etiş, odamlarni xavfsiz joyga evakuatsiya qiliş va birinçi tibbiy yordam körsatiş könikmalarini oşirişdan iboratdir.
Favqudodda vaziyatlar vazirligi ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan mazkur öquv maşqlari böyiça materiallar yuzasidan asossiz va noörin materiallarni tarqatmaslik, mavjud ma’lumotlardan unumli foydalanişni söramoqda.













