Qashqadaryoda za'faron plantatsiyalari tashkil etish boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga safari chog‘ida O‘zbekiston florasi dorivor giyohlarga boy ekanini, xususan, za'faron o‘simligidan qadimdan xalq tabobatida keng foydalanib kelinganini ta'kidlab, soha mutaxassislariga bunday o‘simliklar turini ko‘paytirish va plantatsiyalarni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar bergan edi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Brand Investment Group mas'uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda za'faron plantatsiyalarini tashkil etishni boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
– Za'faron o‘simligi issiqlik va yorug‘likni sevadi, – deydi davlat qo‘mitasi bosh mutaxassisi Mansurbek Satimboyev. – Bu o‘simlik yurtimiz tuproq-iqlim sharoitiga to‘liq mos bo‘lib, uni Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarida yetishtirish imkoniyati mavjud. Bu o‘simlikning biologiyasi va yetishtirish agrotexnikasini yaxshi o‘rganib, fermerlarni jalb etsak, daromadli sohaga asos solinadi. Zero, bir gektar plantatsiyadan birinchi yil o‘rtacha 4 kilogramm, ikkinchi yili 7-8, keyingi yillarda 15-16 kilogramm hosil olinadi. Jahon bozorida 1 kilogramm xomashyoning narxi 400 dollardan 1000 dollargacha baholanadi. 1 kilogramm guli 2500 dan 5000 dollargacha sotiladi.
Ulug‘ allomamiz Abu Ali ibn Sino za'faron ichish rangni chiroyli, ko‘zni ravshan, yurakni quvvatli, nafas a'zolarini sog‘lom qilishini yozib qoldirgan.
O‘zbekistonda za'faron yetishtirish va plantatsiyalarini tashkil etish farmatsevtika, parfyumeriya va oziq-ovqat sanoatini mahalliy xomashyo bilan ta'minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi
O‘zbekiston | 08:54
-
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
O‘zbekiston | 08:32
-
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon | 08:20
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
Mavzuga oid

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

23:40 / 14.03.2025
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

16:41 / 14.03.2025
Qarshi shahri hududi qariyb 2 barobar kengayadi

20:21 / 12.03.2025