Jahon | 08:28 / 26.08.2017
5832
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyadagi oxirgi kimyoviy obektlar yo‘q qilindi

Foto: AFP

Suriyada oxirgi ikkita kimyoviy obekt yo‘q qilindi. Bu haqda Rossiya qurolli kuchlarining radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik himoyalash qo‘shinlari general-mayori Igor Kirillov ma'lum qildi.  

BMTning Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotining Suriyadagi operatsiyasi davomida kimyoviy qurol ishlab chiqarilgan va saqlangan 27 obektni yo‘q qilish rejalashtirilgandi. Bu obektlardan 25 tasi avvalroq yo‘q qilingandi.

“Jangarilar nazoratidagi hududda bo‘lgan oxirgi ikki obekt bu hududlar ozod qilingandan keyin avgustda yo‘q qilindi, radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik himoyalash qo‘shinlari tomondan tekshirildi va xalqaro tashkilot mutaxassislari ixtiyoriga taqdim qilinadi”, deb aytgan Kirillov.

2013 yil sentabrda BMT Xavfsizlik kengashi Suriyada kimyoviy qurolni yo‘q qilish haqidagi rezolyutsiyani qabul qilgandi. 2014 yilda Suriyadan 1,2 tonna kimyoviy modda olib chiqilgan. Bu operatsiyada 9 ta davlat, jumladan Rossiya ishtirok etgan. 2016 yil yanvarda Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti Suriyadagi barcha kimyoviy qurol butkul yo‘q qilinganini ma'lum qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid