23:01 / 27.08.2017
8520

APL. "Liverpul" "Arsenal"ni yirik hisobda yengdi

Foto: Twitter/Premierleague

Angliya chempionati 3-turining markaziy o‘yinida "Liverpul" o‘z maydonida "Arsenal"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv mezbonlarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

17-daqiqada Firmino hisobni ochgan bo‘lsa, 40-daqiqada Mane oradagi farqni 2taga yetkazdi. Ikkinchi bo‘limning 12-daqiqasida Saloh hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. O‘yindagi so‘nggi gol 77-daqiqada Starrij tomonidan kiritildi. 

Yana bir o‘yinda "Tottenhem" o‘z maydonida "Byornli"ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durang qayd etdi. 

Mezbonlar safida Alli gol urgan bo‘lsa, mehmonlarning goliga Vud mualliflik qildi. 

Liverpul – Arsenal 4:0
Gollar: 1:0 – 17 Firmino, 2:0 – 40 Mane, 3:0 – 57 Salax, 4:0 – 77 Starrij.
Liverpul – Karius, Matip, Moreno, Gomes, Lovren, Firmino (Milner, 80), Jan (Gruyich, 84), Saloh, Veynaldum, Mane (Starrij, 74), Xenderson.
Arsenal – Chex, Koselni, Monreal, Belerin, Xolding, Jaka, Oksleyd-Chemberlen (Lyakazett, 62), Ozil, Remzi (Koklen, 46), Sanches (Jiru, 62), Uelbek.
Ogohlantirishlar: Lovren (20), Uelbek (22), Gomes (23), Jaka (40), Ozil (49), Xolding (73).

Tottenhem – Byornli 1:1 
Goly: 1:0 – 49 Alli, 1:1 – 90 Vud.
Tottenhem – Loris, Alderveyreld, Vertongen, Devis, Tripper, Dembele (Sanches, 90), Alli, Eriksen (Uinks, 88), Dayyer, Keyn, Son Xyn Min (Sissoko, 70).
Bernli – Xiton, Louton, Uord, Tarkovski, Mi, Breydi, Gudmundsson (Vud, 57), Kork, Defur (Vestvud, 81), Arfild, Vouks (Barns, 57).

Top