Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» rasman Usmon Dembeleni o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi
Foto: Barselona matbuot xizmati
Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Usmon Dembele rasman «Barselona» futbolchisiga aylandi.
20 yoshli fransuz katalonlar jamoasi bilan 2022 yil yoziga qadar amalda bo‘luvchi shartnomaga imzo chekkan.
Bugunning o‘zida Dembele «Kamp Nou»da muxlislarga jamoaning yangi futbolchisi sifatida tanishtirilgan va uning ilk matbuot anjumani o‘tkazilgan.
«Barselona» Dembeleni 105 million yevro evaziga sotib oldi, ushbu mablag‘ning 40 foizi hajmida bonuslar to‘lanishi ham mumkin.
Futbolchi yangi klubida avval Neymarga tegishli bo‘lgan 11-raqamda to‘p suradi.


Mavzuga oid
09:55
Yamalda – yubiley, «Bavariya»da – rekord, Shomurodovda – dubl. Kun o‘yinlari
12:01 / 09.04.2026
YeChL. «Barsa» va «Liverpul» birinchi o‘yinlarida yutqazdi
11:58 / 05.04.2026
«Real» autsayderga yutqazdi, «Barsa» chempionlikka yaqinlashdi
12:16 / 23.03.2026