Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr va tabiiy gaz nazoratining avtomatlashtirilgan tizimlari xorijiy mutaxassislar bilan muhokama qilinadi
Prezidentning 14.08.2017 yildagi F–5022-son farmoyishi bilan mamlakatimizda elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini (ENHAT) yanada joriy etish chora-tadbirlari qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
O‘zbekistonga «SAGEMCOM» (Fransiya), «Landis & Gyr» (Shveytsariya) va «Elster Metronica» (GFR) kabi xorijiy kompaniyalarning vakillari taklif etiladi. Ular bilan ENHATni joriy etish loyihasini amalga oshirishga taalluqli qator masalalarni muhokama qilish ko‘zda tutilmoqda.
Rivojlangan davlatlar va jahonning yetakchi kompaniyalarining o‘rganilgan tajribasini inobatga olgan holda loyiha konsepsiyasi va ENHATga texnik talablar qayta ko‘rib chiqiladi. So‘ngra tumanlar (shaharlar) ro‘yxatini ko‘rsatgan holda tizimni joriy qilishning 3 bosqichi belgilanadi va energiya resurslarini hisobga olish priborlari, qo‘shimcha asbob-uskunalar hamda ma'lumotlarni uzatish tizimlarining optimal moddellarini tanlash uchun joy (mahalla, daha, ko‘p kvartirali uy) belgilanadi.
Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra Prezident apparatiga tegishli takliflar kiritiladi.
Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi taklifiga binoan Singapur Respublikasi Milliy universiteti huzuridagi Elektron hukumat markazi mutaxassislari mamlakatimizga keladi. Ular bilan muzokaralar vaqtida quyidagi masalalar muhokamasi ko‘zda tutilgan:
• AKT sohasini normativ-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq ma'muriy tartib-taomillarni optimallashtirish;
• jamiyatning hayotiy muhim sohalarini, birinchi navbatda sog‘liqni saqlash, ta'lim, ijtimoiy himoya, ishga joylashtirish, kommunal xizmat ko‘rsatish, transport xizmatlari, aloqa sohasini bosqichma-bosqich axborotlashtirish va avtomatlashtirish;
• AKT sohasida milliy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
• O‘zbekistonda elektron hukumatni yanada rivojlantirish va takomillashtirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
• keyingi hamkorlik bo‘yicha bitimlar tuzish.
Mavzuga oid
23:12 / 28.06.2026
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
16:36 / 29.05.2026