Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
Joriy yilning dastlabki 4 oyida Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlariga 537 ming tonna suyultirilgan gaz eksport qildi. Shundan 231 ming tonnasi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 barobarga ko‘p.
2026 yil yanvar–aprel oylarida Rossiyaning umumiy suyultirilgan gaz eksporti 27 foizga o‘sib, 1,43 mln tonnaga yetdi, deya xabar berdi «Kommersant’» nashri Kept konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib.
Qayd etilishicha, umumiy eksportning 537 ming tonnasi Markaziy Osiyo mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri kelib, bu yo‘nalishda o‘sish 71 foizni tashkil etgan. Xususan, 2026 yilning 4 oyida O‘zbekistonga Rossiyadan 231 ming tonna propan va butan import qilingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,5 barobarga ko‘p.
Shuningdek, Rossiyadan Xitoyga suyultirilgan gaz yetkazib berish 498 ming tonnagacha ko‘paygan va 2025 yilning mos davriga nisbatan 2,5 barobarga oshgan. Bu Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi tufayli dengiz orqali yetkazib berishning qisqarishi fonida narxlarning oshishi bilan bog‘lanyapti.
O‘zbekiston Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-aprel oylarida 508,3 mln dollarlik tabiiy yoki sun’iy gaz sotib olingan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 53,6 foizga ko‘p.
Mavzuga oid
18:33
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha barcha masalalarni hal qilgani aytildi
10:42
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
09:49