Tojikistonda milliy liboslarda yurish shart qilib qo‘yildi

Foto : Nissor Abdurazakov
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon “Udumlar va an'analarni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga milliy liboslarni kiyishni majburiy qiluvchi tuzatmalar kiritish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Rahmonning matbuot xizmati ma'lum qildi.
Avvalroq bu tuzatishlar Tojikiston quyi palatasi tomondan qabul qilingandi. Tuzatmaga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar milliy madaniyat jihatlariga amal qilishlari kerak, ya'ni davlat tilini bilishlari va milliy kiyimlarda yurishlari shart. Qonunning bu bandini buzganlik uchun jazo ko‘zda tutilgan.
Mahalliy mutaxassislarning fikricha, bu tuzatma qabul qilinishi bilan hukumatning hijob kiyib yurishga qarshi kampaniyasi kuchaytiriladi. Biroq xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasida ta'kidlanishicha, mamlakatda hijob kiyib yurishga emas, balki tojiklarning milliy madaniyati va diniga zid bo‘lgan yot liboslar va “yarim yalang‘och” kiyimlarni kiyishga qarshi kurash boshlangan.
Avvalroq Tojikiston fan va ta'lim vazirligi rasmiy saytida maktab o‘quvchilari kiyimlariga talablar joylashtirilgandi. Ularga ko‘ra, o‘quvchi qizlarga maktabda hijobda, tor, yirtiq jinsi shimlarda, tor va kalta yubkalarda yurishlari, quloqlarining faqat bittasida bittadan ko‘p zirak taqishlari, yorqin yoki ko‘zga tashlanuvchi pardoz qilishlari taqiqlanadi. O‘g‘il bolalarga esa soqol qo‘yish va sochlarni uzun qilib o‘stirish, zirak, uzuk taqish, uzun tirnoqlar bilan yurish taqiqlab qo‘yilgan, jinsi shimlarni faqat qish mavsumida kiyishga ruxsat berilgan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Kosmos-482» Hind okeaniga quladi - «Roskosmos»
Jahon | 16:26
-
AQSh to‘rt nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qilish uchun hibsga oldi
Jahon | 16:18
-
Saida Mirziyoyeva bolalar uchun milliy kontent yaratuvchilarini qo‘llab-quvvatladi
O‘zbekiston | 16:04
-
Xitoy Andijonda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishi mumkin
O‘zbekiston | 16:04
Mavzuga oid

17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi

17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi

16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi

12:26 / 15.11.2024