Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya FVV rahbarlari hamkorlik bo‘yicha tadbirlar rejasini imzoladi
Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tgan Shanhay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish masalalari bilan shug‘ullanuvchi idoralar rahbarlarining to‘qqizinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Jo‘rayev hamda Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vaziri V.Puchkovning ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida, R.Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada kengayib, mustahkamlanayotganligi, xususan, 1998 yilning may oyida ikki davlat hukumatlari o‘rtasida fuqaro mudofaasi hamda favqulodda vaziyatlarning olidini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi hamkorlikka oid kelishuv – yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganligini ta'kidladi.
2001 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining xodimlari Rossiya Federatsiyasi Fuqaro muhofazasi akademiyasida ta'lim olib, vazirlikning mas'ul lavozimlarida xizmat qilmoqdalar.
Uchrashuv davomida, ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida O‘zbekiston vakillari tomonidan yo‘riqchi-qutqaruvchilarning malakasini oshirish, soha bo‘yicha hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib borish, o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilari o‘rtasida tajriba almashish, malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va o‘qitish, axborot xizmati faoliyatini tashkil etish sohalarida tajriba almashishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi hududida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda, ularga zaruriy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etish maqsadida: Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv milliy markazi va O‘zbekiston Respublikasi FVV, Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi o‘rtasida yanada faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zaruriyatiga e'tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Fuqaro mudofaasi, favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish vazirligi o‘rtasida 2018 2019 yillarga mo‘ljallangan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha tadbirlar rejasi imzolandi.
Mavzuga oid
17:21
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20 / 11.06.2026