Boks, JCh–2017: Elnur Abduraimov chorakfinalda yutqazdi va jahon chempionatini tark etdi

Foto: AIBA
Germaniyaning Hamburg shahrida boks bo‘yicha AIBA shafeligi ostida o‘tayotgan jahon chempionati chorak final o‘yinlari boshlandi. Ma'lumki, chorakfinal janglarida to‘qqiz nafar bokschimiz qatnashmoqda.
60 kg.gacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida kechgan jangda hamyurtimiz Elnur Abduraimov gurjistonlik bokschi Otar Eranosyanga qarshi jang o‘tkazdi va 5:0 hisobida yutqazdi.
Hakamlarning ushbu jangga raundlar bo‘yicha qo‘yilgan yakuniy bali quyidagicha bo‘ldi:
Germaniya - 29:28, Ruminiya - 29:28, Qozog‘iston - 30:27, Hindiston - 30:27, Trinidad va Tobago - 29:28
Eslatib o‘tamiz, bugun vakillarimiz ishtirokida bo‘lib o‘tgan dastlabki jangda 49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov hindistonlik Amit Kumarni 5:0, 64 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Iqboljon Xoldorov germaniyalik Artyom Harityunyanni 3:2 hisobida yengib yarim finalga yo‘l olishgan edi.
Chorakfinalning 75 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Isroil Madrimov AQSh vakili Troy Aysliga qarshi ringga ko‘tarildi va ochkolar bo‘yicha 2:3 hisobida yengildi.
So‘ngra 91 kg.gacha bo‘lgan bokschilar ishtirokida chorakfinal jangida ishtirok etgan 19 yoshli vakilimiz Sanjar Tursunov niderlandiyalik Roy Korvingga qarshi jang o‘tkazdi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
52 kg.gacha bo‘lgan chorakfinal jangida hamyurtimiz Jasurbek Latipov kolumbiyalik Seyber Avilaga qarshi ringga chiqdi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Chorakfinal janglarida qatnashayotgan qolgan bokschilarimiz quyidagi soatlarda ringga chiqishadi.
69 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:00
Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - Pet MakKormak (Angliya)
81 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:30
Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Yerik Aljanov (Qozog‘iston)
91+ kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:55
Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Qamchibek Qo‘nqaboyev (Qozog‘iston)
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46
-
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
Jahon | 21:25
-
Hannover banki Germaniya sobiq kansleri Shryoderning hisobraqamini bloklagan - Bild
Jahon | 21:10
-
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
Jahon | 20:17
Mavzuga oid

08:30 / 08.05.2022
Shahram G‘iyosov yangi vazndagi ilk jangidayoq kamar qo‘lga kiritdi, Elnur Abduraimovda nokaut

08:48 / 03.08.2021
Shahobiddin Zoirov va Elnur Abduraimov ham Olimpiadani medalsiz yakunlashdi

00:08 / 03.08.2021
Uch bokschi medalga yaqin, Assakalov va Jo‘rayev ham bahslarga qo‘shiladi

02:28 / 25.07.2021