3 avgust kuni Yozgi Olimpiadaning ön birinçi kungi bahslari ötkaziladi. Bugungi bahslarda yana 6 nafar özbekistonlik sportçi 4 sport turi böyiça bahslarda iştirok etadi.

Yunon-rum kuraşi jamoasining sönggi vakili Rustam Assakalov iştirokini ötkazadi va jamoa uçun medal olib kelişga harakat qiladi. Bungaça yunon-rum kuraş jamoasi vakillari Elmurat Tasmuradov (-60 kg), Möminjon Abdullayev (-130 kg) va Jalğasbay Berdimuratov (-77 kg) muvaffaqiyatsizlikka uçragandi. Tasmuradov va Berdimuratov ilk bosqiçdayoq, Abdullayev esa çorakfinalda kuraşni töxtatgan, ularning raqiblari finalga çiqa olmagan va bronza uçun kuraşiş imkoniyati bölmagandi.

Özbekiston boks jamoasining uç vakili çorakfinalda iştirokini davom ettiradi. Şahobidin Zoirov (-52 kg), Elnur Abduraimov (-63 kg) va Rayhona Qodirova (-60 kg) bu bosqiçdan ham ötişsa, Olimpiadada kamida bronza medalni naqd qilişadi. Bungaça özbekistonlik boksçilardan faqat Bahodir Jalolov (+91 kg) yarimfinalga çiqqan, u final uçun jangni 4 avgust kuni ötkazadi.

Şuningdek, oğir atletika jamoasining ham sönggi vakili öz omadini sinab köradi, -109 kg vazn toifasi vakili Akbar Jörayev toş kötariş bahslarida iştirok etadi. Bungaça Adhamjon Ergaşev (-67 kg), Muattar Nabiyeva (-55 kg) va Kumuşxon Fayzullayeva (-76 kg) öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazgan, Ergaşev oltinçi örin (139+173 kg), Nabiyeva törtinçi örin va Olimpiada rekordi (98+114), Fayzullayeva oltinçi (101+126) örinni egalladi.

5:00. Yengil atletika. Uç hatlab sakraş. Ruslan Qurbonov;

7:15. Boks. -52 kg. Şahobidin Zoirov çorakfinalda fillippinlik Karlo Paalamga qarşi;

8:05. Boks. -63 kg. Elnur Abduraimov çorakfinalda  armanistonlik Ovgannes Baçkovga qarşi;

8:30. Yunon-rum kuraşi. -87 kg. Rustam Assakalov nimçorakfinalda gruziyalik amaldagi jahon çempioni Laşa Gobadzega qarşi;

13:00. Boks. -60 kg. Rayhona Qodirova çorakfinalda braziliyalik Beatris Ferreyraga qarşi;

16:00. Oğir atletika. -109 kg. Akbar Jörayev.