Bugun Tokio-2020 Olimpiya öyinlarining ikkinçi kun bellaşuvlari bölib ötadi. Uşbu kun dasturida ham 11 nafar vakilimiz qatnaşadi. Ular orasida dzyudo, taekvondo, oğir atletika va velosport bahslarida vakillarimiz medallar uçun kuraş olib borişsa, boks, sport gimnastikasi, akademik eşkak eşiş böyiça terma jamoalar a'zolari saralaş doirasida iştirok etişadi.
Quyida 25 iyul kuni bahslarga kirişadigan sportçilar röyxati va bellaşuvlarning boşlaniş vaqti (Toşkent vaqti bilan) keltiriladi:
Şahboz Xolmirzayev / Sobirjon Safaraliyev — akademik eşkak eşiş, juftlik — 6:10;
Uluğbek Raşidov — taekvondo, -68 kg — 6:15;
Tursunoy Rahimova — boks, -51 kg — 7:00;
Sardor Nurillayev — dzyudo, -66 — 7:00;
Diyora Keldiyorova — dzyudo, -52 — 7:00;
Olga Zabelinskaya — velosport, 137 km — 9:00;
Oksana Çusovitina — sport gimnastikasi, saralaş — 13:05;
Elnur Abduraimov — boks, -63 kg — 14:18;
Adhamjon Ergaşev — oğir atletika, 67 kg — 15:50;
Dilşod Rözmetov — boks, -81 kg — 16:42.




















