Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda jinoyatchilik oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar faollik bilan amalga oshirilmoqda
Qashqadaryo viloyat IIBda joriy yilning 17 avgust kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidan keyin bir qator ijobiy ishlar yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 17 avgust kuni “Ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalar”larga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘rsatib o‘tilgan tanqidiy muammolar va vazifalarni kelgusida ijrosini ta'minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlar oldini olish, xalq farovonligi yo‘lida kechayu kunduz xizmat qilish maqsadida, Qashqadaryo viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda aniq chora tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, amalga oshirib kelinmoqda.
Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Viloyatdagi jami 730ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Jamoatchilik nazorat maskanlari” bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda. Ushbu maskanlarning vazifasi shu mahallada ro‘yxatda turmagan boshqa viloyat va shahar tumanlardan kelgan, begona avtotransport vositalari hamda mahallada yashamayotgan begona fuqarolarni qayd etib, ular to‘g‘risida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lish va kelishining maqsadlari o‘rganib, maskanda yuritilgan “Avtotransport vositalarni qayd etish, “Fuqarolarni ro‘yxatga olish” hamda “Navbatchilikni topshirish va qabul qilish” kitoblarida qayd etish choralari ko‘rilmoqda. “Jamoatchilik nazorat maskanlari” kech soat 19.00dan ertalab soat 06.00gacha ish vaqtlari belgilanib, ularning xizmatlariga doir yo‘riqnoma va vazifalari ishlab chiqildi.
Har bir “Jamoatchilik nazorat maskanlari”da kunlik ishlarni tahlil qilish va nazorat qilish tuman-shaharlarda tashkil etilgan to‘rtta sektor rahbarlariga yuklatilib, ular tomonidan mahalla faollari tomonidan navbatchilikka jalb etilgan fuqarolarni o‘rganish vazifalari yuklatilgan.
Ushbu jamoatchilik maskanlarida ishni tizimli va samarali yo‘lga qo‘yish uchun mahalla fuqarolar yig‘in raislari, hududiy tayanch punktlari profilaktika inspektorlari mas'uliyati belgilanib, jamoatchilik nazorat maskanlarida har bir ko‘chalarda 100ta xonadonga 2 nafardan “Jamoatchilik nazorat maskanlari”da xizmat olib boruvchi guruhlar shakllantirilib, ushbu guruhlarga umumiy rahbarlikni olib borish vazifalari hozirgi kunda viloyatda faoliyat olib borayotgan jami 723 nafar “Mahalla posbonlari” sardorlariga yuklatildi.
“Jamoatchilik nazorat maskanlari”da xizmat olib borayotgan jamoatchilik vakillariga kerakli shart-sharoitlar yaratilib, 2 nafardan jamoatchi vakillarga “Jamoatchilik vakili” yozuvli qo‘l belbog‘lari, 2 dona videokuzatuv kameralari, xizmat hududida harakatlanish maqsadida, viloyat mahalla jamg‘armasi hisobidan 1 donadan velosipedlar, viloyatdagi jami 723 nafar “Mahalla posbonlari”ga maxsus kiyim boshlar va xizmat guvohnomalari yagona shaklda ishlab chiqilib ta'minlandi.
730ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini qamrab olish va “Jamoatchilik nazorat maskan”lari ish samaradorligini oshirish maqsadida, hududlarda faoliyat olib borayotgan avtouyushmalardan har kuni beshtadan mahalla fuqarolar yig‘inlarining taqsimot rejalariga asosan, bittadan “Damas” rusumli avtomashinalar tuman-shahar hokimlarining qarorlari bilan ajratildi.
Viloyat hududida faoliyat olib borayotgan bozorlar va jamoat joylarida odamlar ko‘proq to‘planadigan maskanlarda ham bu borada ishlar yo‘lga qo‘yilib, “Jamoatchilik nazorat maskanlari” tashkil etilib, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash maqsadida ikki nafardan jamoatchi vakillari jalb etilgan.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, fuqarolarning tinchligi va xavfsizligini ta'minlash borasida olib borilayotgan samarali ishlar natijasida, joriy yilning 18 avgust kunidan 26 avgust kuniga qadar viloyatdagi mavjud 730ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining 680tasida birorta ham jinoyatchilik sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Bu boradagi ijobiy ishlarni Qarshi tumanidagi “Nukrobod”, “Yertepa” va “Mirmiron” mahalla fuqarolar yig‘inlarida hamda viloyatning Qarshi va Chiroqchi tumanlaridagi bozorlarida “Jamoatchilik nazorat maskan”lari tashkil etilganligida ham ko‘rishimiz mumkin.
Kelgusida, viloyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilik oldini olish, sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bu kabi ijobiy chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
22:01
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026