Jahon | 16:33 / 30.08.2017
3027
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Oliy komissari: Venesuelada demokratiya «o‘lay-o‘lay deb turibdi»

Foto: AP

BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husaynning ma'lum qilishicha, Venesuelada demokratiya «o‘lay-o‘lay deb turibdi». Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda so‘nggi vaqtlarda «demokratiyaning o‘pirilishi» yuz bergan.

«U (demokratiya. – tah.), aftidan, o‘lay-o‘lay deb turibdi, agarda umuman o‘lmagan bo‘lsa. Men buni shunday ko‘rmoqdaman», - degan al-Husayn Venesuelada diktatura o‘rnatildimi, degan savolga javob qaytarib.

Avvalroq Maduro AQShning yangi sanksiyalarida aybdor shaxsni topgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid