Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Myanmadagi vaziyat tufayli BMT XKning favqulodda yig‘ilishini chaqirdi
Buyuk Britaniya Myanmaning Arakan viloyatidagi vaziyatni muhokama qilish uchun BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirdi, deb xabar bermoqda «Anadolu».
«Arakan muammosini muhokama qilish lozim, ular uzoq vaqt davomida yig‘ilib qolgan. Barcha tomonlarni vazminlikka chaqiramiz», - deya yozgan Buyuk Britaniyaning BMTdagi doimiy vakili Metyu Raykroft ijtimoiy tarmoqlarda.
Yig‘ilish 31 avgust kuniga rejalashtirilgan.
Kuni kecha BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Arakanda yuzlab rohiniya musulmonlarning o‘ldirilishidan tashvishda ekanini bildirdi.
Yevropa musulmon rohiniyalar kengashi matbuot kotibi Anita Shugning xabar berishicha, Myanmadagi Arakan shtatida qurolli kuchlar askarlari tomonidan uch kun ichida 2-3 ming musulmon o‘ldirilgan, 100 mingdan ortiq inson o‘z uyidan ko‘chirib yuborilgan.
Mavzuga oid
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Toni Bler hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
17:26 / 23.06.2026