Britaniyada ön yil içida yettinçi boş vazir almaşmoqda. Qirollikni kimdir önglay oladimi?
|22:26 / 23.06.20265 2578 min
Brexit ovoz beriş jarayonidan keyingi yillar Britaniya siyosiy tarixidagi eng alğov-dalğov davrlardan biri böldi. Bir paytlar Italiyaning tinimsiz özgarib turadigan rahbarlari röyxatini masxara qilgan britaniyalik amaldorlar endi Jorjia Meloniga havas bilan qaramoqda.
Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer atigi ikki yil muqaddam – 2024 yilda özining Leyboristlar partiyasini saylovda yirik ğalabaga boşlab kelgan edi. Öşanda u hukumat rahbarlarning ketma-ket va tez almaşişiga sabab bölgan Konservatorlar partiyasining köp yillik tartibsizliklariga barham berişni va’da qilgandi.
Endilikda uning özi ham iste’fosini e’lon qildi. Bu esa Britaniyada tez orada ön yil içida yettinçi boş vazir iş boşlaşini anglatadi. New York Times'ning yozişiça, uşbu «aylanma eşik» Brexitdan keyingi davrda Britaniya beqaror siyosatining öziga xos xususiyatiga aylanib qoldi.
Ayrimlar boş vazirlarning bu tarzda tez-tez almaştirilişini nodemokratik deb tanqid qilmoqda. Muxolifat siyosatçilari esa bunday vaziyatlardan köpinça yangi umumiy saylovlar ötkazişni talab qiliş uçun foydalanadi.
Ammo Britaniyaning parlamentar demokratiyasida boş vazirning özgarişi umumiy saylovlar ötkazilişini talab qilmaydi. Çunki britaniyalik saylovçilar boş vazirni emas, balki mamlakatni boşqariş uçun partiyani saylaydi. Aynan partiya rahbarlik kursisida kim ötirişini hal qiladi.
Naşr sönggi ön yillikda Downing street'dagi rahbarlarning tinimsiz almaşiş sur’atiga nazar taşladi.
2016 yil: Brexit ovozi Devid Kameronni hokimiyatdan ağdardi
2010 yildan 2016 yilgaça Britaniya boş vaziri bölgan Devid Kameron Konservatorlar partiyasi birligini saqlab qoliş uçun Yevropa Ittifoqidan çiqişi böyiça referendum e’lon qilgandi.
Foto: Britaniya hukumati portali
U Britaniyaning ittifoq tarkibida qolişi uçun taşviqot olib bordi. 2016 yil 23 iyunda kiçik farq bilan köpçilik ittifoqni tark etişni yoqlab ovoz bergaç, u iste’foga çiqiş rejalarini e’lon qildi.
2019 yil: Muvaffaqiyatsiz muzokaralar Tereza Meyning boşqaruviga çek qöydi
Mavzuga oid
Kameronning vorisi Tereza Mey Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqişidek murakkab vazifani öz zimmasiga olar ekan, öziga xos qiyinçiliklarga duç keldi. Mey Britaniyani Ittifoqning iqtisodiy doirasida saqlab qoladigan nisbatan «yumşoqroq» Brexit tarafdori bölgandi.
Foto: Britaniya hukumati portali
Ammo, Konservatorlar partiyasidagi aşaddiy yevroskeptiklar Meyga qarşi isyon kötardi. Uning rejasi parlamentdan uç martada ham ötmadi va 2019 yil may oyida u iste’foga çiqişini ma’lum qildi.
2022 yil: Mojarolar Boris Jonsonni taxtdan tuşirdi
Londonning sobiq meri va Meyning eng aşaddiy tanqidçilaridan biri bölgan Boris Jonson uning örnini egalladi. U yakunda Brexit kelişuviga erişdi.
Özining keskin tabiati bilan tanilgan Jonson, oxir-oqibat, qator mojarolar, jumladan, öz hukumati joriy etgan koronavirus çeklovlarga zid ravişda ötkazilgan bazmlar sababli lavozimidan çetlatildi.
2022 yil: Liz Tras bor-yöği olti hafta çidadi
Liz Tras Jonsonning örnini egalladi, biroq Britaniya tarixida eng qisqa muddat boşqargan boş vazir böldi. Uning lavozimdagi sönggi kunlarida bir boş salat bargi undan uzoqroq çidagani bilan boğliq qiyoslaş maşhur bölib ketdi.
Uning moliyaviy asosga ega bölmagan soliq rejasini joriy etişi iqtisodiyot uçun halokatli bölib çiqdi: funt sterling dollarga nisbatan tarixdagi eng past darajaga tuşib ketdi. Partiyadoşlari uni tezda lavozimidan çetlatdi.
2024 yil: Rişi Sunak umumiy saylovlarni e’lon qildi
Trasning vorisi – Rişi Sunak Britaniyaning asli kelib çiqişi hindistonlik bölgan ilk boş vaziri sifatida tarixga kirdi. U Trasga qaraganda ança tajribali va qobiliyatli deb hisoblangan. Ammo Konservatorlar partiyasidagi avvalgi tartibsizliklar tufayli partiyaning xalq örtasidagi qöllab-quvvatlovi pasayib ketgandi.
Foto: Britaniya hukumati portali
Taxminan bir yarim yillik boşqaruvdan söng Sunak umumiy saylovlar e’lon qilişga majbur böldi. Kir Starmer boşçiligidagi Leyboristlar partiyasi konservatorlardan norozilik kayfiyatidan unumli foydalanib ğalaba qozondi.
2026 yil: Nufuzini yöqotgan Starmer
Leyboristlarning ğalabasidan keyingi davr ham silliq keçmadi. Starmer öz siyosiy qarorlarini tez-tez özgartirgani uçun qattiq tanqidlarga uçradi. Tanqidçilar uni xarizma yetişmasligida ayblaşdi.
Noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşişda muvaffaqiyatsizlikka uçragani ham çuqur siyosiy bölinişlarni keltirib çiqardi. Bundan taşqari, Starmer hokimiyatga köplab iqtisodiy muammolarni qanday hal qiliş böyiça aniq bir rejasiz kelgani uçun tanqid qilindi.
Leyboristlar partiyasining 2026 yil may oyida mahalliy saylovlarda oğir mağlubiyatlaridan söng, Starmerga lavozimni böşatib qöyiş böyiça bosim kuçaydi.
22 iyun kuni tongda Kir Starmer Downing-street'dagi rezidensiyadan taşqariga çiqib, endi Britaniyani boşqariş uçun munosib emasligini aytdi.
Foto: BBC
Yaqin kunlargaça Mançester meri bölib işlagan professional siyosatçi, uning raqibi Endi Burnxam bir neça hafta içida hokimiyatni qölga olişi mumkin.
Şundan söng, u Vazirlar mahkamasini şakllantirişi hamda mamlakat uçun aniq bir maqsadni belgilab berişi kerak böladi.
Bir vaqtlar kuç-qudrat ustuni edi
Britaniya bir vaqtlar siyosiy va iqtisodiy barqarorlik ustuni, zamonaviy Britaniyani qayta şakllantirişga yordam bergan Margaret Tetçer va Toni Bleyer kabi yetakçilarning vatani sifatida körilar edi.
Reuters'ning yozişiça, iqtisodiy ösişi asosan ulkan moliyaviy sektorga boğliq bölgan Britaniyaga - global moliyaviy inqiroz oğir zarba berdi. Undan keyin davlat sektorida joriy etilgan tejamkorlik çoralari esa mamlakatni keyingi voqealarga mutlaqo tayyorgarliksiz qoldirdi.
Boşqa biror partiyaning kömagisiz saylovda mutlaq ğalaba qozonib, töliq muddat davomida işlagan oxirgi boş vazir 2001-2005 yillarda Toni Bleyr bölgandi. Bir paytlar Britaniya Italiyaning tinimsiz özgarib turadigan rahbarlari röyxatini masxara qilgan bölsa, endi u Jorjia Meloniga havas bilan qaramoqda. Meloni deyarli tört yillik boşqaruvi bilan Italiya respublikasi tarixidagi eng uzoq muddat xizmat qilgan hukumat rahbari bölişga yaqin turibdi.
Brexitmi yoki iqtisodiy inqiroz
Köpgina tahlilçilar uşbu beqarorlikni roppa-rosa 10 yil muqaddam Yevropa Ittifoqidan çiqiş – Brexit uçun berilgan ovoz bilan boğlaydi. Ammo moliya vazirligining sobiq mulozimi va IfG tahliliy markazining katta ilmiy xodimi Jill Rutter barçasi iqtisodiy inqirozdan boşlanganini aytadi.
«Mamlakatda hayotimiz yaxşilanayotganini ham, farzandlarimiz hayoti yaxşilanişini ham körmayapmiz, degan umumiy tuşunça hukmron. Ana öşandan beri kelgan har bir hukumat – buni özgartira olmayotgandek tuyulmoqda,» deydi u.
2016 yilda Britaniya Yevropa Ittifoqidan çiqiş uçun ovoz berib, özining uzoq muddatli taşqi siyosat modelini barbod qildi. Bu esa saylovçilari ittifoq tarkibida qoliş uçun ovoz bergan Şotlandiyada mustaqillik harakatini qaytadan olovlantirdi.
Endi Burnxam - navbatdagi boş vazirlikka asosiy nomzod
COVID-19 pandemiyasi va Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqiniga moliyaviy javob ham Britaniyaning davlat qarzi darajasini yalpi içki mahsulotning qariyb 100 foizigaça yetkazdi. Xarajatlarning bunday çeklanişi turmuş darajasiga juda qattiq zarba berdi.
Hukumatning sobiq maslahatçisi Sem Fridman özining yaqinda çop etilgan kitobida Britaniya haddan taşqari markazlaşganini va uning asosiy davlat idoralari muammolarni bartaraf etiş uçun juda kiçiklik qilişini ta’kidlagan.
Buning ustiga, mahalliy tahlilçilar Britaniya siyosat madaniyati yomonlaşganini aytmoqda. 24 soat işlaydigan televizion kanallar va ijtimoiy tarmoqlar siyosatçilarni şoşilinç qarorlar qabul qilişga majbur qilmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi