Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh strategik neft zaxirasidan foydalanmoqchi
AQSh energetika vazirligi strategik zaxiralardagi 500 ming barrel neftdan foydalanish qarori haqida ma'lum qildi. Bu 2012 yildan beri ilk bora ro‘y beradi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Zaxiradagi neft «Harvi» dovuli tufayli ishlatiladi. 500 ming neft bochkasi Luiziana shtatida joylashgan Phillips 66 qayta ishlovchi zavodiga yuboriladi.
«Harvi» Meksika ko‘rfazida uglevodorodlar qazib olishga katta zarba bo‘lib tushdi. AQSh xavfsizlik va ekologik nazorat masalalari bo‘yicha byurosining (BSEE) xabar berishicha, neft qazib olish hajmi qariyb 25 foizga tushib ketib – sutkasiga 1,75 milliondan 1,32 million bochkaga yetdi. Bundan tashqari, ko‘plab neftni qayta ishlovchi zavodlar ishi to‘xtab qoldi. Ularning quvvati kuniga ikki million bochkaga qadar tushib ketgan.
AQShning strategik neft zaxirasi o‘tgan asrning 70-yillarida yoqilg‘i yetkazib berilishida uzilishlar ro‘y bergan taqdirda ta'minotni to‘xtatmaslik maqsadida tashkil etilgan. Ayni damda unda 679 million barrel neft saqlanadi.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026