Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forbes asrdagi eng katta ta'sirga ega ruslarni ma'lum qildi
Foto: Reuters
Forbes jurnali 1917-2017 yillarda tarixga eng katta ta'sir ko‘rsatgan rossiyalik 100 shaxs ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Tarixda muhim o‘rin tutgan 100 nafar rossiyalikning orasida Yuriy Gagarin, Mixail Gorbachyov, Vladimir Putin, Alla Pugacheva, Leonid Brejnev va Iosif Stalin bor.
Ro‘yxatda hozirgi paytda hayot bo‘lganlarning soni 21 kishiga teng. Ular ichida balet yulduzi Mixail Barishnikov, fizik Jores Alferov, «VKontakte» va Telegram yaratuvchisi Pavel Durov, rejissyor Nikita Mixalkov, xokkeychilar Aleksandr Ovechkin hamda Vladislav Tretyak, qo‘shiqchi Alla Pugacheva, matematik Grigoriy Perelman, sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin va boshqalar bor. Ta'kidlanishicha, ulardan eng yoshi – Ethereum kriptovalyutasi yaratuvchisi Vitalik Buterin 23 yoshda.
Ro‘yxat turli sohalardagi ekspertlar tomonidan tuzilgan, xalqning ovoz berishi jarayonida esa Yuriy Gagarin, Iosif Stalin hamda Vladimir Putin yetakchiga aylandi.
Mavzuga oid
09:50
Germaniya mudofaa vaziri: Rossiya butun dunyo uchun tahdid
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
20:40 / 13.02.2026
Mers: Urush Rossiya iqtisodiy va harbiy jihatdan holdan toygandagina tugaydi
13:54 / 13.02.2026