Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligiga oliy harbiy ta'lim muassasalarida Harbiy qasamyod qabul qilish marosimlari o‘tkazildi
Joriy yilning 31 avgust kuni, mustaqilligimizning 26 yillik ayyomi arafasida Mudofaa vazirligiga qarashli barcha oliy harbiy ta'lim muassasalarida tantanali ravishda Harbiy qasamyod qabul qilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Ulkan shodiyona bilan o‘tgan mazkur tantanalarda kursantlar eng ulug‘, eng aziz ne'mat – istiqlolni ko‘z qorachig‘iday asrash, yurtimizning yetuk ofitserlari bo‘lish, Vatan tinchligi, ravnaqi, farovonligi yo‘lida fidoyilarcha xizmat qilishga va'da berishdi.
Qurolli Kuchlar akademiyasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakulteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida Mudofaa vazirligi rahbariyati, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar ishtirokida bo‘lib o‘tgan tantanalarda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, tinch va osuda hayotimizni himoya qilishning mustahkam tayanchi bo‘lib kelayotgani, harbiy xizmat yoshlarimiz uchun tom ma'noda mardlik, jasurlik va toblanish maktabiga aylangani ta'kidlandi.











Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Mavzuga oid
15:35 / 09.06.2026
Mudofaa bo‘limlarida tibbiy komissiyalar tugatilib, maoshlar oshiriladi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
20:16 / 12.05.2026