Jahon | 19:35 / 31.08.2017
6047
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya TIV: Suriyada terrorchilar kimyoviy quroldan foydalanishi mumkin

Foto: Nikolay Androsov

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ma'lum qilishicha, Suriyada «Shabob as-Sunna» qurollangan guruhi kimyoviy quroldan foydalanishi mumkin va buni amalga oshirmoqchi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Xavotirli ma'lumot kelib tushmoqda. Rossiya tomonida bor bo‘lgan ma'lumotlarga ko‘ra, «Shabob as-Sunna» qurollangan guruhi kimyoviy quroldan foydalanishi mumkin», - dedi u.

Zaxarovaning ta'kidlashicha, Dera viloyatida terrorchilarning qurol-aslaha omborida zaharlovchi moddaga ega bir necha raketalar bor, ulardan aholi punktlaridan birida foydalanish rejalashtirilgan.

Avvalroq Suriya muxolifati AQSh vositachilar orqali IShIDga qurol sotayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid