Jamiyat | 15:15 / 31.08.2017
6461
2 daqiqa o‘qiladi

Tadqiqot: oliy ta'lim yurak xuruji xavfini kamaytiradi

Foto: aphp.fr

Oliy ma'lumot yurak xurujidan aziyat chekish xavfini uchdan bir qismga kamaytiradi. Bu haqda Oksford universiteti olimlari xabar berishmoqda. Ma'lumotlar The British Medical Journal jurnalida e'lon qilindi.

Tadqiqotchilar 500 mingdan ortiq kishining ma'lumotlarini tahlil qilib, maktabdan so‘ng 3,6 yillik qo‘shimcha ta'lim yurak xuruji xavfini 33 foizga kamaytirishi haqidagi xulosaga keldilar. Ularning tushuntirishicha, gap shundaki, ta'lim darajasi yuqoriroq bo‘lgan kishilar, odatda, kam chekadilar, to‘g‘ri ovqatlanadilar va o‘z vaznlarini kuzatib boradilar.

Shuningdek, oliy ta'lim yuqori daromadli yaxshi ish topish imkonini oshiradi, bu esa sog‘liq haqida qayg‘urishga ko‘proq pul sarflashni anglatadi. Hattoki, genetik jihatdan yurak xastaligiga moyil bo‘lgan oliy ma'lumotli kishilarda tegishli ko‘rsatkichlar yaxshiroq bo‘lgan.

Bundan tashqari, oliy ma'lumoti bo‘lmagan shaxslar o‘zlariga kamroq ishonadi va kelajakda ko‘plab stress holatlariga uchraydilar, deya ta'kidlashmoqda tadqiqotchilar. Bu esa yurak kasalliklarining rivojlanish xavfini oshiradi, gormonlar darajasiga ta'sir ko‘rsatadi, organizmda yallig‘lanuvchi jarayonlar boshlanishiga turtki beradi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid