Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan işlab çiqilgan nizom loyihasiga köra, qonunbuziliş xavfini tahlil qiliş maxsus elektron tizim orqali amalga oşiriladi.

Hujjatda qayd etilişiça, xavf darajasi tadbirkorlik sub’yektlarining litsenziya va tasdiqnoma ma’lumotlari, statistik körsatkiçlari, jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari, ommaviy axborot vositalari hamda boşqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlar asosida baholanadi.

Şu bilan birga, xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik sub’yektlaridan qöşimça hujjatlar yoki ma’lumotlar talab qilinişiga yöl qöyilmaydi.

Loyihaga muvofiq, baholaş natijalariga köra ta’lim muassasalari uç toifaga ajratiladi: yuqori xavf, örta xavf va past xavf.

81 ball va undan yuqori natija qayd etgan sub’yektlar yuqori xavf toifasiga, 61–80 ball yiğganlar örta xavf toifasiga, 60 ball va undan kam körsatkiçga ega muassasalar esa past xavf toifasiga kiritiladi.

Huquqbuzarlik xavfi yuqori yoki örta deb baholangan muassasalarda qonunbuzilişlarning oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbirlar ötkaziladi. Tekşiruv ötkaziş taşabbusi esa, asosan, profilaktik çoralar samara bermagan hollarda körib çiqiladi.

Bunda inson hayoti va soğliğiga xavf tuğilganda, jamoat xavfsizligiga tahdid mavjud bölganda yoki qonunçilikda nazarda tutilgan boşqa holatlarda profilaktika tadbirlarisiz ham tekşiruv ötkazilişi mumkin.

Loyihada ta’kidlanişiça, xavf tahlili natijalari öz-özidan tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan jazo çoralari qöllaş uçun asos böla olmaydi. Tizimning asosiy maqsadi qonunbuzilişlarni barvaqt aniqlaş va ularning oldini olişdan iborat.