Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vaziri sirdaryolik bir guruh yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvon martaba darajalarini berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan Adliya vazirining buyrug‘i bilan Sirdaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlariga maxsus unvon-martaba darajalari berildi.
Ushbu buyruq bilan Respublika inkassatsiya xizmati DUK Sirdaryo viloyati boshqarmasi yuridik xizmati xodimi Safarov Axmatjon Xojimatovichga “2-darajali yurist” maxsus unvon – martaba darajasi berilgan hamda Sirdaryo viloyati hokimligi bosh yuriskonsulti O‘ktamov Shaxzodjon Orifjonovich, Mirzaobod tumani moliya bo‘limi yuridik xizmat xodimi Baysariyev Shakir Botirovich, Boyovut tumani moliya bo‘limi yuridik xizmat xodimi Jo‘rayev O‘tkirjon Rabbimqulovich, Xovos tumani moliya bo‘limi yuridik xizmat xodimi Murodov Qilich Ikramovich, Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi yuridik xizmat xodimi Najmitdinov Botir Ubaydullayevich, Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi nazorat inspeksiyasi yuridik xizmat xodimi Normatov Rustam Ravshan o‘g‘li, Sirdaryo viloyati Davlat veterinariya boshqarmasi yuridik xizmat xodimi Uralov Aziz Eshnazarovich, Sirdaryo viloyati Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi yuridik xizmati xodimi Xasanov Jasur Jo‘rayevich, Guliston shahar moliya bo‘limi yuridik xizmati xodimi Xasanov Abdusamat, Sirdaryo Sanoat kasb-hunar kolleji yuridik xizmat xodimi Karimov Tursunboy Ziyadovichlarga “3-darajali yurist” maxsus unvon-martaba darajalari berilgan.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026