O‘zbekiston | 19:28 / 01.09.2017
18411
2 daqiqa o‘qiladi

Diniy yo‘nalishdagi 9 ta o‘rta maxsus va 2 ta OTM Islom sivilizatsiyasi markazi ixtiyoriga o‘tkaziladi

Foto: O‘zA

O‘zbekistondagi diniy yo‘nalishdagi to‘qqizta o‘rta maxsus va ikkita oliy ta'lim muassasasi ham Islom sivilizatsiyasi markazi ixtiyoriga o‘tkaziladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 sentabr kuni Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida bo‘lganida ma'lum qildi.

“Biz ajdodlarimiz bilan doimo faxrlanib kelganmiz. Shunday ekan, o‘zimiz ham ularga munosib bo‘lishimiz kerak. Tashkil etilayotgan markazda ham buning uchun barcha sharoitlarni yaratish, yetuk olimlarni jalb qilish lozim. Mazkur sohaga oid adabiyotlarni jamlash, chet ellarda bo‘lsa, yurtimizga olib kelish choralarini ko‘rish zarur. Bundan tashqari, mamlakatimizdagi diniy yo‘nalishdagi to‘qqizta o‘rta maxsus va ikkita oliy ta'lim muassasasi ham markaz ixtiyoriga o‘tkaziladi. Bu yerda saboq beradigan o‘qituvchilar bilimi va saviyasiga alohida e'tibor qaratish darkor”, - degan davlat rahbari. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid