Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diniy nizolar davom etayotgan Myanmada yana 16 rohingya halok bo‘ldi
Myanmadagi Naf daryosida musulmon rohingyalar mingan qayiq ag‘darilishi natijasida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda politsiya vakillariga asoslangan holda mahalliy nashrlar xabar berdi.
Musulmonlar millatchi buddistlar ta'qibidan qochib Bangladeshga ketayotgandi.
Bangladeshlik chegarachilar birinchi sentabr tongida qirg‘oq yaqinida jasadlarni topishgan. Qayd etilishicha, jasadlarning 4 nafari o‘q tegishidan halok bo‘lgan.
Ayni vaqtgacha, Bangladeshga Naf daryosi orqali qochib urinishlar davomida halok bo‘lganlar soni 39 nafarni tashkil qiladi.
Bundan avvalroq Rohingya musulmonlari Yevropa kengashi (ERC) matbuot kotibi Anita Shug ma'lum qilgandiki, Myanmadagi Arakan shtatida keyingi 3 kun mobaynida harbiylar hujumlari oqibatida 3 mingga yaqin musulmonlar halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi
23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
16:15 / 29.03.2025
Myanma va Tailanddagi zilziladan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q - konsulxona
08:18 / 26.12.2022