Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilda Obama uchun xarajatlar 1 mln dollardan oshadi
AQSh sobiq prezidenti Barak Obama uchun 2018 yilgi xarajatlar amerikalik soliq to‘lovchilarga 1,15 mln dollarga aylanadi. Kongress tadqiqot xizmati hisobotini Washington Free Beacon nashri e'lon qilmoqda.
O‘tgan asrning 50-yillarida Qo‘shma Shtatlarda sobiq prezidentlar davlat qaramog‘ida qolishi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan edi. Ular vazirlar darajasidagi maoshlar miqdorida nafaqa olishadi. Ularning rafiqalariga ham to‘lovlar qilinadi. Sobiq prezidentlar davlat tomonidan to‘lanadigan idora va aloqaga ham ega bo‘lishadi.
Hisobotga ko‘ra, Obama bir yil mobaynida 236 ming dollar miqdorida nafaqa oladi. Uning Vashingtondagi 760 m2 maydonli idorasining ijarasi davlat byudjyetiga 536 ming dollarga tushadi. 1,15 mln dollar ichida, shuningdek, harbiy gospitallardagi tibbiy sug‘urta ham bor. Sobiq prezidentlarning yordamchilari ham byudjyetdan maosh olishadi.
Ta'kidlanishicha, 2018 yili Obama uchun xarajatlar ayni vaqtda hayot bo‘lgan prezidentlar xarajatlarining umumiy miqdoridan ortiq bo‘ladi. Masalan, J.Bush kichikka Obamanikidan 100 ming dollar kamroq sarflanadi. B. Klintonga undan 200 ming dollar kamroq beriladi. Katta J.Bush ehtiyojlari uchun 2018 yilda 942 ming dollar ajratilgan, Jimmi Karterga atigi 456 ming dollar sarflash rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, bu xarajatlarga sobiq davlat rahbarlarini qo‘riqlash bo‘yicha to‘lovlar kiritilmagan. Bu ishni Maxfiy xizmat amalga oshiradi. Ammo, ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, sobiq prezidentlarni qo‘riqlashga o‘nlab mln dollar sarflanadi.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45 / 17.06.2026