Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda finalga chiqqan bokschilarning ota-onalari ishtirokida tadbir o‘tkazildi
Bugun Germaniyaning Hamburg shahrida o‘tayotgan AIBA shafeligi ostidagi har ikki yilda bir marta tashkillashtiriladigan boks bo‘yicha jahon chempionatining har o‘n vazn toifasi bo‘yicha final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ma'lumki, vakillarimizdan to‘rt nafar bokschi final bahsida jangga chiqadi.
E'tiborlisi, oltin medal uchun ringga chiqadigan to‘rt bokschining uch nafari Andijon boks maktabi tarbiyalanuvchilaridir.

Andijon olimpiya zaxiralari kolleji sport manejida Hasanboy Do‘stmatov, Jasurbek Latipov va Iqboljon Xoldorovlarning ota-onalari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga mashhur qilayotgan yigitlarning ota-onalarini sharaflash uchun sport majumuasiga juda ko‘p muxlislar yig‘ildi.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, mana shunday o‘g‘lonlarni tarbiyalagan insonlarga tashakkur bildirib, qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.

Hasanboy Do‘stmatovning otasi Ma'rufjon aka so‘z olib, berilgan e'tibor uchun barchaga tashakkur bildirdi. Sport muxlislari Hasanboy, Jasurbek, Shahram va Iqboljonga bugungi bahslarida omad tiladilar.



Shu o‘rinda KUN.UZ jamoasi ham to‘rt bokschiga omad tilab qoladi.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
16:27 / 26.06.2026