Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:37 / 02.09.2017
3291
1 daqiqa o‘qiladi
Argentinadagi tartibsizliklarda 17 kishi jabrlandi
Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahridagi tartibsizliklarda kamida 17 kishi jabrlandi, deb xabar qilmoqda Todo Noticias telekanali.
Jabrlanganlarning 9 nafari politsiya xodimlari bo‘lsa, jurnalistlarga ham zarar yetgani aytilmoqda. Norozi kayfiyatdagilar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvdan so‘ng 32 kishi qo‘lga olingan.
Xabar qilinishicha, namoyishlar norozi aholi vakillaridan biri Santyago Maldonadoning avgust oyi boshida g‘oyib bo‘lganidan so‘ng boshlangan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish