10:05 / 02.09.2017
7103

Germaniya Chexiya ustidan irodali g‘alaba qozondi va guruhdagi boshqa natijalar

1 sentabr kuni Yevropa mintaqasida futbol bo‘yicha JCh-2018 final bosqichi uchun 7-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Germaniya terma jamoasi o‘yin oxirida o‘z irodasini namoyish etib, Chexiya ustidan g‘alabani ilib ketdi. Polsha termasi esa, Daniyadan 4 ta javobsiz to‘po‘tkazib yubordi. Armaniston esa kamchilikda o‘ynab Ruminiya bilan durangga erisha oldi.

Germaniyalik futbolchilar Chexiyaga qarshi o‘yinning 4-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. «RB Leyptsig» hujumchisi Timo Verner Mesut O‘zil uzatmasidan so‘ng darvozabonbilan yakkama-yakka chiqib, uni osonlik bilan aldadi va to‘pni darvoza to‘riga joyladi.
 
O‘yin davomida hisobni tenglashtirishga uringan chexiyaliklar o‘yin oxiriga kam qolganda maqsadlariga erishishdi. Vladimir Darida Mark-Andre ter Shtegen darvozasini uzoqdan tepilgan ajoyib zarba bilan ishg‘ol qildi. Ammo, mezbonlar xursandchiligi uzoqqa bormadi. 88-daqiqada Mats Hummels jarima to‘pini boshi bilan darvoza to‘riga joylab qo‘ydi. 

Shu bilan birga, S guruhining yana bir vakili Shimoliy Irlandiya kunning salbiy shov-shuviga sabab bo‘lishi mumkin edi. Gap shundaki, Maykl O'Nil jamoasi kuchsiz hisoblangan San-Marino termasiga qarshi o‘yinning 70-daqiqasigacha gol urishning uddasidan chiqa olmadi. Biroq Angliyaning «Charlton» klubi hujumchisi Josh Majyennis o‘z dubli bilan jamoasiga aro kirdi. Shunday qilib, shimoliy irlandlar saralash bosqichi tugagach, Rossiyaga borish huquqini beruvchi qo‘shimcha o‘yinlarda ishtirok eta oladi. 

Nihoyat so‘nggi o‘yinda Norvegiya o‘z imkoniyatlarini yo‘qqa chiqardi. Robert Prosinechki jamoasi saralash bosqichini yaxshi boshlagan va dastlabki 3 o‘yinda 7 ochko to‘plagandi. Ammo, keyinchalik 4 marta mag‘lub bo‘lib, jahon chempionati orzusi bilan xayrlashdi.
 
Chexiya — Germaniya — 1:2 (Darida, 78 — Verner, 4, Hummels, 88)

Norvegiya — Ozarboyjon — 2:0 (King, 32, pen., Sadixov, 59, avt.)

San-Marino — Shimoliy Irlandiya — 0:3 (Majyennis, 70, 75, Devis, 78, pen.)

Jamoalarning guruhdagi joylashuvi: 

Germaniya — 21
Sh. Irlandiya — 16
Chexiya — 9
Ozarboyjon — 7
Norvegiya — 7
San-Marino — 0.

Mavzuga oid
Top